G‘alla o‘rimi Qumqo‘rg‘on tumanida          jadal ketmoqda

Dasturxonimizni to‘kin, qornimizni to‘q qiladigan non mashaqqatli mehnatlar evaziga yetishtiriladi. Buning uchun g‘allakor  bir zum bo‘lsada tinim bilmaydi. Kechani kecha, kunduzni kunduz demay yerni shudgorlaydi. Don ekishga yerni tayyorlaydi. Tumanimiz g‘allakorlari bu yil 8539 gektar maydonda g‘alla yetishtirdi. Dalalarga Grom, Vassa, Aleksiy-3 navli urug‘larni ekib parvarishlashdi. Bugungi kunda tumanimizdagi fermerlar pishib yetilgan g‘alla hosilini yig‘ishtirib olishmoqda. Kutilganidan ziyodroq hosil olib, ortiqchasini birja savdolari orqali, o‘zi istagan, bozor narxida sotish, bozorlarda un va un mahsulotlari taqchilligining oldini olish, dasturxonimizni to‘kin-sochin qilish ishtiyoqida yonmoqda.

                                                                                   Rayhon Mengziyayeva