Qumqo‘g‘on pedagogika kolejjiga 2023-2024-o‘quv yilida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha 11-sinf, o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarni o‘qishga qabul qiladi:
1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi – o‘qish muddati kunduzgi shakli 1,5 yil, sirtqi shakli 2 yil.
2. Maktabgacha ta’lim yordamchi tarbiyachi – o‘qish muddati kunduzgi shakli 1 yil, sirtqi shakli 1 yil 3 oy.
3. Musiqa ta`limi – ta’lim shakli sirtqi, o‘qish muddati 2 yil.
4. Jismoniy tarbiya va sport – ta’lim shakli sirtqi, o‘qish muddati 2 yil.
5. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi (dual ta’lim) – o‘qish muddati 1,5 yil. Ushbu ta’lim turida o‘quvchilar haftada 3 kun ishlash 3 kun o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
6. Oshpaz qandolatchi -ta’lim shakli sirtqi, o‘qish muddati 1 yil.
7. Maktabgacha ta’lim tashkiloti yordamchi tarbiyachisi (dual ta’lim) – o‘qish muddati 1 yil. Ushbu ta’lim turida o‘quvchilar haftada 3 kun ishlash 3 kun o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ta’lim berish 2 yilgacha muddatda kunduzgi va sirtqi shaklda davlat buyurtmasi hamda to‘lov kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Kollejga o‘qishga kirish uchun www.dtm.uz elektron platformasining «Professional ta’lim» bo‘limi orqali quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Elektron ariza;
2. Umumta’lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi;
Respublikaning barcha hududlaridan o‘quvchilar va chet el fuqarolari qabul qilinadi.
Qabul 2023 yil 10 iyuldan 10 sentyabrgacha davom etadi.
Murojaat uchun telefonlar: +99899 424 81 11. +99890 267 60 86. +99899 376 59 11.
Manzil: Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani Sheroziy mahallasi.