Tumanimizda  9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi

Millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘tarib, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga oliyjanoblikka yetaklaydi.

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Yoshlar” istirohat bog‘ida tuman hokimligi, sektor rahbarlari, tuman Kengashi deputatlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari jam bo‘ldi.

Unda tadbir qatnashchilari Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yishib, bugungi tinch va osuda kunlar uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimizni yod etdilar.

Xotira maydonidagi urush va ayriliqlardan qaddi dol Motamsaro ona haykali har birimizni hushyorlikka chorlaydi, bugungi yorug‘ kunlarimizning qadriga yetib yashashga da`vat etadi.

  Rayhon Mengziyayeva