Hokimning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, aholini o‘ylantirayotgan muammolarga tezkor va joyida yechim topishning zamonaviy va samarali mexanizmi yo‘lga qo‘yilgani odamlarning adolatga, davlatga, ertangi kunga ishonchini mustahkamlamoqda.

Qumqo‘rg‘on tumanidagi  “Bog‘aro” mahallasida joylashgan “Shahar” madaniyat uyida tuman hokimi A. Normamatov, sektor rahbarlarining  sayyor qabuli o‘tkazildi.

Qabulda fuqarolar murojaati birma-bir tinglandi. Fuqarolar tomonidan asosan kommunal tizimi, subsidiya asosida uy-joy, tadbirkorlikka oid murojaatlar bildirildi.

 Qabul yakunida hokim o‘rinbosarlariga qilingan murojaatlarni belgilangan muddatlarda o‘rganib, chora ko‘rish uchun mahalladagi hokim yordamchi, kommunal soha mas’ullariga yuborilib, ijrosi nazoratga olinishi bo‘yicha mas`ullarga topshiriq berildi.

                                          Rayhon Mengziyayeva