San`at insonning ma`naviy bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi badiiy-ijodiyot mahsulidir. San`at insonni ezgulikka chorlaydi.
20-bolalar musiqa va san`at maktabida “San`at sehri” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maktabning “Haykaltaroshlik”, “Tasviriy san`at” va “Xoreografiya” sinfi o‘quvchilari ishtirok etishdi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarining tayyorlab kelgan turli xil sahna chiqishlari, ajoyib she`rlari va raqslari bilan kelgan tomoshobinlar va ustozlarini xushnud etishdi.
Dilbar Ibragimova,
20-bolalar musiqa va san`at maktabi kutubxonachisi