REFERENDUMGA TAYYORGARLIK KO‘RILMOQDA

Tumandagi 33-sonli umumta`lim maktabi binosida Konstitutsiyaviy islohotlarni umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishida aholining huquqiy va siyosiy savodxonligini oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi M. Allamurodov, xalq deputatlar Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyat mudiri Q. Chorshanbiyev, Respublika Markaziy banki departament direktori K. O‘tbosarov,  tuman adliya bo‘limidan  so‘zga chiqdilar. Ular viloyat markaziy banki mas’ul xodimlari, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlaridagi tijorat banklari rais va xodimlariga Referendum bo‘yicha annotatsiya, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi, Referendum qonunchiligi va amaliyoti bo‘yicha qonunning mazmun-mohiyati haqida tushuntirdi. Seminar ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga javob berdi.

                R. SULTANOV,

tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i