“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika  tanlovinining Qumqo‘rg‘on tumani bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish maqsadida viloyatimizning barcha tumanlarida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.

Shunga muvofiq, Qumqo‘rg‘on tumani 11-sonli bolalar musiqa va san`at maktabida bo‘lib o‘tgan tanlovning «Tuman bosqichi» 16-25 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasida uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Tanlov natijalari ko‘ra 5 nafar ishtirokchi viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, sertifikat hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.