Kutubxonachi – maʼrifat va tafakkur posponi

Jamiyat taraqqiyoti avvalo uning maʼnaviyati va ilmga boʻlgan eʼtibori bilan belgilanadi. Kitob esa inson tafakkurini boyituvchi, dunyoqarashini kengaytiruvchi va eng muhim manbaa hisoblanadi. Ana shu bebaho xazinani asrab- avaylash, kitobxonlarga yetkazib kelayotgan fidoyi kasb egalari – kutubxonachilardir. Kutubxonachilik kasbi uzoq yillardan buyon maʼrifat va madaniyat targʻibotchisi sifatida qadrlanib keladi. Kutubxonachi nafaqat kitob beruvchi mutaxassis, balki, yoshlarni ilmga chorlovchi, ularning qalbida mutolaa madaniyatini shakllantiruvchi ustoz hamdir. Ayniqsa, bugungi globallashuv va axborot oqimi kuchaygan davrda kitobxonlikni targʻib qilish, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilishda kutubxonachilarning xizmatlari beqiyosdir.
Oʻzbekistonda 21- may Kutubxonachilar kuni. Shu munosabat bilan ushbu sharafli kasb egalariga chuqur minnaddorlik bildiramiz va kasb bayramlari bilan tabriklaymiz.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda kutubxona tizimini rivojlantirish, zamonaviy axborot resurs markazlari tashkil etish, elektron kutubxonalarni kengaytirishda alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu esa kutubxonachilarning zimmasiga yanada katta masʼuliyat yuklamoqda. Endilikda ular anʼanaviy xizmat bilan bir qatorda zamonaviy texnalogiyalar asosida xizmat koʻrsatmoqda.
Kutubxonachilarning fidokorona mehnati tufayli minglab kitobxonlar ilm va maʼrifat olamiga oshno boʻlmoqda. Ayniqsa, yosh avlodni kitobsevarlik ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari tahsinga sazovor.
Zero, kitob bor joyda
tafakkur yuksaladi, maʼnaviyat kamol topadi. Bu yoʻlda esa kutubxonachilar jamiyatning chinakam maʼrifat fidoyilaridir.

Qumqoʻrgʻon tumanida 20-sonli musiqa va sanʼat maktabi kutubxonachisi Ibragimova Dilbar