Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar markazida inson qadri, huquq va erkinliklarni ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Shu nuqtai nazardan, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, uning 84,85,86 va 88-maqsadlari aynan shu yo‘nalishni qamrab oladi.
Qonun ustuvorligini ta’minlash-tarraqiyot garovi, qonun ustuvorligi-demokratik davlatning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Ushbu tamoyil orqali fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanadi, davlat organlarining faoliyati qonuniylik asosida tashkil etiladi va jamiyatda adolatli muhit shakllanadi.
Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash. Ushbu maqsad doirasida sud organlarining mustaqilligini kuchaytirish, ularning faoliyatiga tashqi aralashuvning oldini olish asosiy vazifa sifatida belgilangan.
Sudyalarning daxlsizligi va mustaqil qaror qabul qilish imkoniyati qonun ustuvorligining muhim omilidir.
Shuningdek, sud tizimida shaffoflikni ta’minlash, sud jarayonlarini raqamlashtirish va aholi uchun ochiqligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Adolatli sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish.
Bu maqsad aholining sudlarga murojaat qilish imkoniyatlarini osonlashtirishga qaratilgan.
Jumladan: sud hudjjatlarini kamaytirish, yuridik yordamni kengaytirish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Natijada fuqarolar o‘z huquqlarini himoya qilishda yanada faol bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Huquqni muhoofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirish.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish ularni aholi bilan muloqatni yaxshilash muhim ahamiyatga ega.
Bu borada, ichki ishlar organlari faolyatini insonparvarlik tamoyillari asosida tashil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyatchilikning oldini olish tizimini kuchaytirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Qonunchiomikni takomillashtirish va huquqiy islohatlarni chuqurlashtirish, qonunchilik bazasini halqaro standartlarga almashtirish, yangi qonunlarni qabul qilish va amaldagi qonunlarni takomillashtirish ushbu maqsadning asosini tashkil etadi.
Shu bilan birga: normativ-huquqiy hujjatlarni soddalashtirish, ortiqcha bankrortlik to‘siqlarni bartaraf etish, fuqarolar va tadbirkorlar uchun qulay huquqiy muhit yaratish ishlari olib borilmoqda.
Xulosa qilib aytganda “O‘zbeksiton-2030” strategiyasining 84, 85, 86 va 88-maqsadlari mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, adolatli sud tizimini shakllantirish va inson huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega.
Ushbu islohatlar natijasida jamiyatda adolat, shaffoflik va qonuniylik ustuvor bo‘lib, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchi yanada mustahkamlanadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudi raisi B.Tagayev