Keyingi yillarda Mamlakatimizda ayollarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ayollar huquqlarini ta’minlash va ularni turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlikdan asrashga qaratilgan muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shunday bo‘lsada erkaklar tomonidan ayollarga nisbatan tazyiq tobora ortib bormoqda.
Xususan A. B. (shaxsi o‘zgartirilgan) o‘zining yashash xonadonida turmush o‘rtog‘i B.N. bilan oilaviy masalalarda o‘zaro tortishib qolib, urib sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil tan jarohati yetkazgan hamda turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan “Redmi 11pro” rusumli telefon apparatini urib sindirshi natijasida, B.N.ga300.000 (uch yuz ming) so‘m zarar yetkazgan.
Natijada Sud A. B.ni O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 592-moddasi 2-qismi va 612-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, MJtKning 34-moddasini qo‘llab uzil-kesil 5 (besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudining raisi B.Tagayev