Mamlakatimizda ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilishni ta`minlash

Jamiyat taraqqiyoti va barqarorligi ko‘p jihatdan ayollar va bolalarning huquqlari qay darajada himoya qilinganiga bog‘liq.
Ayollar va bolalar jamiyatning eng himoyaga muhtoj qatlami hisoblanadi.
Shu sababli ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash har bir davlat va jamiyatning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va va zo‘ravonlik – bu jismoniy, ruhiy iqtisodiy yoki jinsiy shakllarda nomoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy holatdir.
Bunday holatlar inson huquqlari qo‘pol ravishda buzilishiga olib keladi va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
So‘nggi yillarda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish borasida ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunlar qabul qilinib, ularni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha maxsus mexanizmlar joriy etilgan.
Bu esa ayollar va bolalarning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Zo‘rovonlik holatlarining oldini olishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar balki jamoat tashkilotlari ta’lim muassasalari va mahalla instituti ham muhim o‘rin tutadi.
Jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish, inson qadr qimmatini hurmat ruhini shakllantirish orqali kamaytirish mumkin.
Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash-bu nafaqat davlatning, balki har bir insonning fuqarolik burchi hisoblanadi.
Faqatgina hamjihatlik va o‘zaro hurmat asosida barqaror va adolatli jamiyatni barpo etish mumkin.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudi raisi B.Tagaev

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudi tergov sudyasi: M.O‘roqov