Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidir

Keyingi yillarda Mamlakatimizda ayollarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ayollar huquqlarini ta’minlash va ularni turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlikdan asrashga qaratilgan muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Konstitutsiyamizda Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi.
Shuningdek, Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir. Nikoh – O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi. Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi.
Shunday bo‘lsada erkaklar tomonidan ayollarga nisbatan tazyiq tobora ortib bormoqda.
Xususan, Qumqo‘rg‘onlik B.B (shaxsi o‘zgartirilgan), 2025 yil 5 noyabr kuni Qumqo‘rg‘on tumani “Bog`aro” mahallasida joylashgan o‘zining yashash xonadonida turmush o‘rtog‘i B.Ch bilan oilaviy masalalarda o‘zaro tortishib qolib, urib sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazgan hamda turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan “Redmi 12” rusumli telefon apparatini urib sindirshi natijasida, B.Ch ga 300.000 so‘m zarar yetkazgan.
Natijada Sud B.B ni O‘zbekiston Respublikasi MJtKning
592-moddasi 2-qismi va 612-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, Unga MJtKning 34-moddasini qo‘llab uzil-kesil 5 (besh) sutka ma’muriy qamoq olish jazosi tayinlangan.
Huquqbuzar tomonidan jabrlanuvchiga yetkazilgan 300.000 so‘m zarar undirilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ayollarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ayollar huquqlarini ta’minlash va ularni turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlikdan asrash barchamiz ekanligini unutmasligimiz kerak.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudining raisi B.B.Tagayev