“Sertifikat” olib berishni va’da qilib pora olgan shaxs  ushlandi

Surxondaryo viloyati IIB TQX JQB xodimlari tomonidan Jarqo`rg`on tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida  haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga pora olayotgan shaxs ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, Qiqiriq tumanidagi fuqaro  I.G (ism familyasi o`zgartirilgan)  tanishi bo`lgan K.J ga  imtihondan o`tganlik haqidagi sertifikatni   1000 (ming) AQSH dollar evaziga olib berishni va`da qilib 12 000 000 (o`n ikki million) so`m miqdoridagi pullarni  olayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atish choralari ko`rilmoqda.

Akbarali Alilov,

Viloyat IIB mas`ul xodimi