Yoshlarni internet va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanishga chaqirish

Bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Ular orqali bilim olish, yangiliklardan xabardor bo‘lish, yaqinlar bilan muloqot qilish hamda turli foydali imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

Biroq internetdan foydalanishda ehtiyotkorlik va mas’uliyat ham muhimdir. Unda yolg‘on xabarlar, firibgarlik, zararli axborotlar hamda notanish shaxslarning aldovlariga duch kelish mumkin. Shu sababli pasport ma’lumotlari, bank kartasi raqami, parol va maxfiy kodlarni begona shaxslarga bermaslik lozim.

Ayniqsa, yoshlar internetda duch kelgan har qanday ma’lumotga darhol ishonmasdan, uning manbasini tekshirishlari va internetdan foydalanish vaqtini foydali mashg‘ulotlarga yo‘naltirishlari zarur.

Shuningdek, internet madaniyatiga rioya qilish, boshqalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, kiberbulling va salbiy muloqotlardan uzoq turish har bir foydalanuvchining burchidir. Ota-onalar va ustozlar esa yoshlarga internetdan xavfsiz va oqilona foydalanish bo‘yicha doimiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib borishlari muhim.

Xulosa qilib aytganda, internet — katta imkoniyatlar maydoni. Undan ongli, madaniyatli, mas’uliyatli va xavfsiz foydalanish har birimizdan ehtiyotkorlikni talab etadi. Axborotdan to‘g‘ri foydalanish — bilim, ehtiyotkorlik esa xavfsizlik garovidir!

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudi arxivariusi
A. Abriyeva