“Men yosh iste’molchiman” mavzusida insholar tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
Qumqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 2025-yil 6-fevraldagi 03- 01/18-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida 18 mart kuni umumta’lim maktablarida 9-10- sinf o‘quvchilari o‘rtasida «15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni» munosabati bilan «Men yosh iste’molchiman» mavzusida insholar ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Tanlovdan ko’zlangan asosiy maqsad aholining ayniqsa, yoshlarning iste’mol madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ular o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujj^tlari targ‘ibotini tizimli olib borish, yoshlarning iste’molchi sifatida bilim va ko‘nikmalarini oshirish, eng zukko va iqtidorli iste’molchilarni aniqlash va rag’batlantirishdan iborat.
Tanlovda ishtirok etgan o‘quvchilar insholarda inson qadri, iste’molchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, fuqarolarning iste’molchi sifatida huquq va burchlari, bugungi kunda O’zbekistonda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida davlatimiz tomonidan iste’molchilarni himoya qilishning kafolatlanish holati qay darajada ekanligi borasidagi fikr- mulohazalari haqida o‘z tushunchalarni ifoda etishdi.
Yakunda insholar hakamlar hay’ati tomonidan tekshirilib, faxrli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tanlov natijalariga ko‘ra, tumanda o‘z tengdoshlari orasida eng yuqori natijani qayd etgan yoshlar:
20-maktabining 10v-sinf o‘quvchisi Norqobilova Shaxrizoda; 33-maktabi 10a-sinv o‘quvchisi Normurodova Shabnam; 68-maktabi 9-sinf o‘quvchisi Bo‘rieva Sumbula;