Umummiliy boyligimiz

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasida Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin deb ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 65-moddasida. Yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish, ob’ektlar qurish paytida unumdor qatlamni olmaslik, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanish, yerlarni foydalanishdan chiqarishga, hosildorlik pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladigan boshqa harakatlarni sodir etish, shuningdek tanazzulga yuz tutgan qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiyalashning belgilangan tartibini buzish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektargacha maydonga ega yer uchastkasida sug‘oriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi oshirilishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektardan ortiq maydonga ega yer uchastkasida sug‘oriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi oshirilishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib ob’ektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shunday ekan azizlar Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudining
tergov sudyasi M.O‘roqov