Davlatimiz rahbari Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida mamlakatimizda so‘nggi yillarda erishilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar
hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini zamon talablariga muvofiq qayta ko‘rib chiqish muhimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Bu esa yurtimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga qaratilgan izchil islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish zarurligini ko‘rsatadi.
Shu nuqtai nazardan, Prezidentimizning “Mamlakatning 2030 yilgacha mo‘ljallangan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasining jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ayniqsa, ikki yil oldin qo‘yilgan – 2030 yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini
160 milliard dollarga yetkazish maqsadiga, kutilganidan ancha ilgariroq, 2026 yilning o‘zida erishilishi kutilayotgani mamlakatimiz iqtisodiy islohotlarining samarasini yaqqol namoyon etmoqda.
Shuningdek, amalga oshirilgan islohotlar natijasida:
⚫️ kambag‘allik darajasi 11 foizdan 5,8 foizga;
⚫️ ishsizlik 6,8 foizdan 4,9 foizga tushdi.
Bugun takomillashtirilayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatimizning barqaror iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy adolat, inson kapitalini rivojlantirish hamda hududlar taraqqiyotini jadallashtirishga xizmat qilishi shubhasiz.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi
Surxondaryo viloyati Kengashi bosh mutaxassisi
Bahodir Adiyev