Yo’l – yo’lakay

Ishxonadagi eng mehnatkash inson Sherzod edi.U doim tinib -tinchimas,mehnatdan sira qochmas edi. Bu safar uning  bajargan vazifalari ko’zga ko’rindi-yu,boshlig’i Sherzodga o’n  kunga dam olish uchun ruhsat berdi. U ishlarim tugasa,albatta,Toshkentga boraman deb niyat qilardi. Mana shu kun ham keldi. U Toshkentga poyezdda ketish uchun bilet olib keldi va yo’lga otlandi. Ertasiga poyezd jo’nay boshladi. Sherzod to’rt  kishilik vagonga joylashdi. U xonaga kirsa bir keksa odam,bir yosh yigit  va uning onasi bor edi. Sherzod salom berib kirdi va joylashib oldi. U yonidagi odamlarga qaradi-yu, negadir yuragi siqildi.» Hali bu odamlar bilan Toshkentgacha qanday ketaman «-, deya o’yladi. » O’zim tengi insonlar bo’lganda chiqishib ketish oson bo’larmidi,-deb qo’ya qoldi va sekingina atrofidagi kishilarni kuzata boshladi. Qarshisidagi ayol ko’hlikka edi. U atrofdagilarga g’alati nazar tashladi-yu,jimgina poyezddan tabiatni kuzata boshladi. Uning yonida o’tirgan o’g’li esa telefondan bosh ko’tarmas va allaqanday o’yinlar o’ynab ketardi.» Yo tavba hozirgi bolalarga telefon shu darajada ta’sir qilyaptimi, butun  vujudi bilan shu o’yinlarni o’ynardi.U go’yo tashqi olamni unutganday.  Bunday insonlarni zamon orqada qoldirib ketsa ham, ular uchun ahamiyatsizdek ko’rinadi-«, deb o’yladi va yonidagi keksa insonga bir nazar tashladi. Uning yuzlariga ajin tushgan, qo’llari keksa bo’lishiga qaramay, ishdan qavarib ketganga o’xshardi. Ko’zlarida ma’yuslik bor edi . Sekingina xo’rsinib nafas olib qo’yar va jimgina xayol surib ketardi. Ular bir soatlar jim ketishdi. So’ng Sherzod bu holatdan zerikdi-yu yonidagilar bilan suhbatlashib ketmoqchi bo’ldi. Ayolga gapirishga botina  olmadi. U qandaydir kibor bilan yonidagilarga nazar tashlab qo’yar, o’g’li esa telefondan bosh ko’tarmaydi . Shunda u »  Otaxon siz nima sababdan  Toshkentga ketyapsiz?-» deb  so’radi .Otaxon esa «Ee o’g’lim,asli so’rama qariganda tinchgina dam olay, bolalarimni  rohatini ko’ray, nevaralarimni bag’rimda suyib-erkalay deb o’ylagandim, ammo qandaydir dard menga yopishdi. Endi Toshkentga borib davolanib kelaman,-» dedi. Shunda Sherzod bu samimiy insonni  yoqtira boshladi. Otaxon bilan yanada erkinroq suhbatlashishni astoydil xohlab unga savol berdi. Otaxon nafaqa  yoshiga yetguncha pul topish uchun mehnat qilgani, hayotda bir qizi kasal bo’lib, uni yorug’ olamda asray olmaganini  va uning katta  qizi turmush qurib, anchagacha  farzandli bo’lolmay,siqilib yurib ham otaxon va uning ayolini ko’p azobladi . Ular oddiygina oila edi. Gohida yo’qchilikka ,gohida  to’qchilkka,  shukr qilib, yashayverardi. Otaning yana bir eng katta butun umr tuzalmaydiganday bir dardi bor edi. Uning to’ng’ich o’g’li g’irt tanbal,katta odamga aylansa ham aqli kirmagani uni battar qiynardi. Axir, uning qanday orzulari bor edi. Butun umr o’zi halol mehnat qildi,birovni haqqini yemagandi. » Endi qaysi gunohim uchun Xudo meni buncha jazolaydi -«, deya ko’p o’ylab siqilardi. U Xudodan har duo  qilganda ,avvalo, o’g’iliga insof berishini, qiziga shirin-shakar farzandlar nasib qilishini va ayolining ko’zlariga nur berishini so’rab, yalinib,iltijo qilardi. Qariganda dam olishni o’ylamay oila boqish uchun harakat qilgan otaxonning boshiga shuncha baxtsizlik  tushganiga qaramay,o’zining  ham sog’lig’ida nuqsonlar paydo  bo’la boshladi. Avvaliga joni og’risa ham doktorga ko’rinmaydi. Bir necha oydan so’ng shahardagi doktorlar » Endi tuzalishiga umid kam qoldi,siz yaxshisi Toshkentga boring» , deb maslahat berishdi. Otaxon shularni ko’zi yoshlanib aytdi va bu dardlarni o’z yaqinlariga aytolmay yurgandi. Bu begona yigitni o’ziga yaqin olib, dardlarini aytib sal yengil tortdi. Sherzod buncha dardni eshitib ,nima deyishini bilmay qoldi. Birinchi taassurot esda qoladi,ammo u xato bo’ladi. Sherzod ham bu kishi haqida xato o’ylaganini bildi. U yordam berishni o’ylardi,ammo qo’lidan qanday ham yordam kelsin. Qisqa vaqtdan so’ng ular o’z manziliga yetib keldi. Hamma narsalarni yig’ishtirib ,poyezddan tishish payida bo’lardi. Ular bir-biri bilan xayrlashishdi. Besh minutdan so’ng otaning ismini so’ramagani esladi va orqasiga qaytdi. Hayriyatki,otaxon uzoqqa ketmabdi. U otani yo’lida to’xtatib, uning ismi  Qobil ekanini bildi va har duoga qo’l ochsa, uni tuzlaib ketishini aytib yana bir bor xayrlashdi. Mana oradan o’n kun o’tdi. Sherzod maroqli dam oli, ,hayotida yaxshi kishilar bilan tanishganidan  xursand edi. U Samarqandga qaytib kelganda poyezddan yo’lovchilarni tushishiga ruhsat berilmadi. Sababi poyezdda bir o’lgan odam  bor edi,  uni tushirib ketishini  payida bo’ldi. Shu payt Sherzod u inson kimligini bilish uchun surishtirdi. U inson o’n kun oldin Toshkentga davolanish uchun kelgan Qobil ota edi.

      To‘xtayeva Sarvinoz Sherali qizi Termiz davlat universiteti 3-bosqich talabasi