Har yili butun dunyo bo‘ylab “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” nomi ostida kampaniya o‘tkaziladi. Ushbu kompaniya ayollarga nisbatan zo‘ravonlik inson huquqlariga zid harakat ekanini ifodalovchi fikr bilan ramziy bog‘langan ikki voqea 25 noyabr – Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etish kunida boshlanib, 10 dekabr–Xalqaro inson huquqlari kunida yakuniga yetadi. Har yili O‘zbekiston Respublikasida ham bu kompaniya doirasida davlat, NNTlar va Halqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda juda katta samarali ishlar amalga oshiriladi.
Tadbir doirasida “Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik Jamg‘armasi, “Mehrjon” markazlari, viloyat hokimligi, yoshlar siyosati xotin-kizlar masalasi va gender tenglik doimiy komissiya a’zolari, «Oqila ayollar» harakati a’zolari bilan hamkorlikda talaba- yoshlar o‘rtasida “Gender tengligi marafoni” mavzusida gender marafoni tashkil qilinadi.
Tadbir tashkil qilishdan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida gender zo‘ravonlikni oldini olish, ularga O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilishda qabul qilingan qonunlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdir. Undan tashqari ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab – quvvatlash muhimligi, ularni kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ma’lumotlar taqdim qilinadi.
Tadbir davomida talaba yoshlarga 16 kun aksiyasi doirasidagi inson huquqlarini himoya qilishda muhim sanalar haqida ma’lumotlar taqdim qilinadi.
Sevara Yuldasheva,
Jinoyat ishlari bo`yicha Termiz shahar sudining sudyasi