“Yashil” texnologiyalarni joriy etish, suvni tejash, koʻkalamzor hududlarni keskin koʻpaytirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, chiqindilar muammosini hal qilish, eng muhimi, aholi salomatligini mustahkamlash kabi masalalar ustuvor ahamiyat kasb etishi muqarrar. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan viloyatda “yashil iqtisodiyot”ning asosiy yoʻnalishlarini hayotga tatbiq etish borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Yurtimizda boshqa sohalar qatori ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining qulay tabiiy muhitga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini olishva ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, soha qonunchiligini takomillashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda aholining bu boradagi madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha harakatlar dasturi tasdiqlandi. Shu asosda ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi hujjatlarni takomillashtirish, aholi ekologik madaniyatini yuksaltirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishda ular faolligini kuchaytirish, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, jamoatchilik ekologik nazorati tizimini rivojlantirish, jamoatchi inspektorlarni o‘qitish va ular malakasini oshirish, chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha bir qator samarali ishlar olib borildi. Masalan, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar hamkorligida yurtimizdagi 8982 ta mahalla fuqarolar yig‘inida zarur chora-tadbirlar bajarilib, har bir mahalla bo‘yicha ekologik nazoratning jamoatchi inspektorligiga nomzodlar zaxirasi shakllantirildi. Hozirgi paytda ularning sohaga oid bilim va malakasini oshirish choralari ko‘rilayotir.
Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, jumladan, yosh avlod ongida ona tabiatni asrab-avaylash, unga daxldorlik hissini kuchaytirish bo‘yicha ham muayyan ishlar ro‘yobga chiqarildi.
Yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ma’ruzalar to‘plami va boshqa targ‘ibot materiallari tayyorlandi. Shuningdek, suv, chiqindi muammolariga bag‘ishlangan videoroliklar tayyorlanib, markaziy telekanallarda namoyish etilmoqda.
Hozirgi paytda bunyodkorlik ishlari jadal olib borilyapti.
Erishilgan ushbu yutuqlar o‘zimizniki. Oldimizda esa hali vazifalar ko‘p. Ekologik ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan “Ekologik ta’lim konsepsiyasi”ning qabul qilinishini jadallashtirish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yanada kuchaytirishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, suv zaxiralarini muhofaza qilish, suv iste’moli, suvlarning davlat hisobotini yuritish, suv xo‘jaligi inshootlariga zarar yetkazganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslar mas’uliyatini oshirish bo‘yicha qonun loyihalarini ishlab chiqish shular sirasidandir. Bundan tashqari, Orol muammosining salbiy ta’sirlarini bartaraf etish, hudud aholisining yashash sharoitini yanada yaxshilash, bu boradagi mavjud kamchiliklarni xalqaro hamjamiyat va hamkor davlatlar moliyaviy ko‘magini jalb etgan holda hal etish istiqboldagi faoliyatimizda muhim yo‘nalishlar hisoblanadi.
Ko‘rinib turibdiki, oldimizda turgan vazifalar nihoyatda zalvorli. Ularni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirish har birimizdan bor bilim va mahoratimizni ishga solishni, yanayam aniqroq aytadigan bo‘lsak, Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida yonib yashashni talab etadi. Ana shunda xalqimizning bizga bildirgan ishonchini ma’lum darajada oqlagan bo‘lamiz.
Sevara Yuldasheva,
Jinoyat ishlari bo`yicha Termiz shahar sudining sudyasi