Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi OʻRQ–1080-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun bilan 7 ta qonun va 4 ta kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, Intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilib, mulkiy huquqlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
MJtKning 1771-moddasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzganlik uchun maʼmuriy jarima miqdori oshirildi va jismoniy shaxslarga BHMning 5 barobaridan 15 barobarigacha (amalda BHMning 5 barobaridan 10 barobarigacha), mansabdor shaxslarga BHMning 15 barobaridan 30 barobarigacha (amalda BHMning 10 barobaridan 20 barobarigacha) etib belgilandi.
MJtKning 1772-moddasi seleksiya yutugʻiga va integral mikrosxema topologiyasiga boʻlgan huquqni buzganlik uchun maʼmuriy jarima kiritildi. Unga ko‘ra, jismoniy shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, patentga oid (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi va seleksiya yutugʻi) huquqbuzarliklar sodir etishda foydalanilgan ashyolarni musodara qilish (MJtKning 1772-moddasi) qoʻshimcha maʼmuriy jazo chorasi sifatida kiritildi.
Amalda musodara qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazo tovar belgilari va mualliflik huquqiga oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan edi.
Ushbu qonun bilan adliya organlarining intellektual mulk obyektlari boʻlgan kontrafakt tovarlarni koʻzdan kechirish va xatlash (MJtKning 290-moddasi) vakolatlari kiritildi.
Yuqoridagi normalar joriy yilning 10-noyabr kunidan kuchga kiradi.
Yuldasheva Sayyora,
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchi