Qumqo‘rg‘on tumani 42-maktab o`quvchi qizlari futbolda Andijon viloyati 29- maktab o`quvchi qizlar jamoasini mag`lub qildi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan qizlar futboli bo‘yicha Respublika «Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi» 1-turida 42-maktab qizlari Andijonning 29-maktab qizlar futbol jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etishdi. O‘yin boshidanoq Qumqo‘rg‘onlik futbolchi qizlar maydonda faol ishtirok etib,o‘yin oxirida g‘alaba qoʼzondi. Andijonlik futbolchi qizlar vaziyatni o‘zgartirishga urindilar, biroq 42-maktab himoyachi va darvozabon qizlari ularga yo‘l bermadi. Ushbu g‘alaba jamoa murabbiyi va qizlarning mehnat samarasi ekani alohida taʼkidlandi. Surxondaryo viloyati hokimi futbolchi qizlarni va murabbiyini pul mukofoti va sovg‘alar bilan tabrikladi. Tuman hokimi F.Xoliqov g‘oliblarga estalik sovg`alarini topshirdi.

Asila Abramatova,

amaliyotchi, TerDU o`zbek filologiyasi fakulteti 4 bosqich talabasi