Bir vaqtda ikki jinoyat

2006 yilda tug‘ilgan Y.O  o‘z tanishlarining uxlaganidan foydalanib  ishonchini poymol qildi. 2025 yil 10 apreldan 11 aprelga o`tar kechasi Termiz shahar Bog`ishamol mahallasi,Farovon massivi,”Movaro” uylari 191-uyning 7-qavatida joylashgan 261-xonadonga borib,ushbu xonadonda ijara asosida yashovchi jabrlanuvchilar F.L ning 1.320.000 so`m miqdoridagi pullarini, Z.S ning 1 dona “Kassio”nomli qo`l soatini uydagi barcha shaxslarning uxlab yotganligidan foydalanib,yashirin ravishda o`g`irlagan.  Bundan tashqari Y.O takroran o`g`irlik jinoyati sodir etib, 2025 yil 14 apreldan 15 aprelga o`tar kechasi ozi ijara asosida yashaydigan,o`zi bilan ijarada yashovchi jabrlanuvchilar D.Y ning “IPHONE 11” rusumli telefon apparatini, F.T ning “VIVO 23” rusumli telefon apparatini uydagi barcha shaxslarning uxlab yotganligidan foydalanib, kelgusida ushbu telefon apparatlarini sotib, jinoiy yo`l bilan topilgan mablag`larni o`zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatish maqsadida yashirin ravishda o`g`irlagan. Albatta hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi. Ushbu jinoyatni sodir etgan fuqaro ham sud hukmiga asosan o`z jazosini oldi.

Sevara Yuldasheva,

Jinoyat ishlari bo`yicha Termiz shahar sudining sudyasi