Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabariga koʻra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.P fuqaro U.K ga 700 AQSH dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida hech qanday imtihonlarsiz haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, oldindan 9.100.000 so`m pul mablag`ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Fuqaro R.P bu kabi holatlarni bir necha marotaba sodir etgan. Ko`za kunda emas,kunida sinadi deb bejizga aytishmagan. K.M ning ishonchiga kirib “B” va “C” toifali transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi olib berishni va`da qilib,aslida bunday vakolati yo`q bo`lsada,aldov yo`li bilan uning ishonchiga kirib,buning evaziga 2.500.000 so`m pullarni o`zining plastik kartasiga o`tkazdirib olib,,unga hech qanday haydovchilik guvohnomasi olib bermasdan,olingan pullarni o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holatlar yuzasidan sud hukmi o`qilib jinoyat jazosiz qolmadi.
Sevara Yuldasheva,
Jinoyat ishlari bo`yicha Termiz shahar sudining sudyasi