2025-yil 11-aprel kuni soat 13:30 larda Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, “Fidokorlar” koʻchasida “Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisi yo`l chetida turgan piyodani urib yuborgan.
Natijada piyoda tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Haydovchi shifoxona harajatlarini to`lab bergan. Biroq keyingi jarrohlik amaliyotiga to`lov qilish imkoni yo`ligini bildirgan.
O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 266-moddasi 1 qismi bilan Jinoyat kodeksining 45-moddasini qo`llab jazo tayinlandi.
Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini soʻraymiz.
Sevara Yuldasheva,
Jinoyat ishlari bo`yicha Termiz shahar sudining sudyasi