VATANPARVARLIK MAVZUSIDA SEMINAR

Qumqo‘rg‘on tumani milliy gvardiya Qo‘riqlash bo‘limi, Milliy gvardiya psixologlari, tuman favqulotdda vaziyatlar bo‘limi, 25-umumiy o‘rta ta`lim maktabi ma`muriyati birgalikda maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni xizmat turlarida qo‘lanilayotgan texnikalar, asbob-uskunalarga qiziqtirish maqsadida seminar o‘tkazdi. Ma`lumki, tumandagi 25-umumiy o‘rta ta`lim maktabida “Yosh gvardiyachi” ixtisoslashtirilgan sinf tashkil etilgan bo‘lib, bunga 7 “A” sinf o‘quvchilari qamrab olingan. Shunigdek, “Yosh qutqaruvchilar” ko‘ngilli klubi ham faoliyat yuritayapti.

                25-maktabning “Vatan tayanchi” harbiy-vatanparvarlik harakati otryadi rahbari, mayor Y. Xolmo‘minov seminarni kirish so‘zi bilan boshladi. Tuman Milliy gvardiya boshlig‘ining o‘rinbosari B. Donayev, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi kichik inspektori J. Abdullayev seminarni o‘tkazishning maqsadi, o‘quvchilarning vatanparvarlik tuyg‘ularini shakillantirish, harbiy-vatanparvarlik xizmatlari texnikalariga qiziqishini oshirish, texnikalarni qo‘lash haqida gapirdi.

                “Yosh gvardiya” sinfi o‘quvchilari saf mashqlari va qo‘l jangi usullarini namoyish qildi. Milliy gvardiya xodimi it bilan mashqlarni bajardi. Milliy gvardiya Qoriqlash bo‘limi va favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan xizmat ko‘rsatishda qo‘llaniladigan texnikalar, asbob-uskunalar ko‘rgazmasi tashkil etildi. O‘quvchilar ko‘rgazmalardagi xilma-xil himoya vositalari va asbob-anjomlar bilan yaqindan tanishdi.

                                                                                                              N. MUHAMMADIYEV