Qonun ustuvorligi har qanday demokratik va huquqiy davlatning eng muhim tamoyillaridan biridir. Unga ko‘ra, barcha fuqarolar, mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlari qonunga birdek bo‘ysunadi. Qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatda adolat qaror topadi, inson huquq va erkinliklari ishonchli himoya qilinadi hamda davlatning barqaror rivojlanishi ta’minlanadi.
Qonun ustuvorligi jamiyatda tartib-intizomni mustahkamlaydi, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini oshiradi va tenglik tamoyilini qaror toptiradi. Hech kim qonundan ustun emas. Har bir inson o‘z huquqlaridan foydalanishi bilan birga, qonun oldidagi burchlarini ham bajarishi lozim. Qonunlarga rioya qilish tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning muhim omilidir.
Huquqiy davlatni barpo etishda sud-huquq tizimining mustaqilligi, qonunlarning adolatli va bir xilda qo‘llanilishi, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish muhim ahamiyatga ega. Qonunlarni bilish va ularga amal qilish har bir fuqaroning mas’uliyatidir.
Yosh avlodni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash ham dolzarb vazifalardan biridir. Maktab, oila va jamiyat hamkorligida yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularni halollik, mas’uliyat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kelajakda qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
M.Qurbonova,
Jinoyat ishlari bo`yicha,
Qumqo`rgon tuman sudi
sudya yordamchisi