Ayollarni zo‘ravonlikdan asrash – kelajakni asrash demakdir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025 yil 24 dekabrda qabul qilingan farmonga muvofiq, “2026-2030 yillarga mo‘ljallangan ayollarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasi” tasdiqlandi. Bu hujjat mamlakatda ayollar huquqlarini ta’minlash va ularni turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlikdan asrashga qaratilgan muhim dasturiy chora-tadbirlar majmuasini belgilaydi.
Shunday bo‘lsada erkaklar tomonidan ayollarga nisbatan tazyiq tobora ortib bormoqda.
Xususan, B. B. (Shaxsi o‘zgantirilgan) 2024 yil 26 dekabr kuni soat 21:00 larda o‘zining yashash xonadonida turmush o‘rtog‘i X.N bilan oilaviy masalalarda tortishib qolib, uni qasddan urib do‘pposlab, turmush o‘rtog‘iga sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badaniga yengil shikast yetkazgan, bundan tashqari, Qumqo‘rg‘on tuman IIB tomonidan X.N R 2024 yil 19 dekabr kuni jabrlangan xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonligiga qarshi himoya orderi berilib ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, uni urib haqoratlab, unga tazyiq va zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirib, himoya orderi talablarini buzganligi aniqlangan.
X.Mning mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlikdagi aybi uning va jabrlanuvchining sud majlisidagi ko‘rsatuvlari, tushuntirish xatlari, sudga oid tibbiy ekspertizasi xulosasi hamda ishda to‘plangan boshqa ob’ektiv dalillar yig‘indisi bilan to‘liq o‘z tasdig‘ini topgan
Sud B.B ga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 592-moddasi 2-qismi va 2061-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib,Unga MJtKning 592-moddasi 2-qismi bilan MJtKning 33-moddasini qo‘llab, bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida, ya’ni 750.000 (yetti yuz ellik ming) so‘m jarima jazosi, Unga MJtKning 2061-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 1 (bir) baravari miqdorida, ya’ni 375.000 (uch yuz yetmish besh ming) so‘m jarima jazosi, Unga MJtKning 34-moddasini qo‘llab uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida, ya’ni 750.000 (yetti yuz ellik ming) so‘m jarima jazosi tayinlagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudining
tergov sudyasi M.O‘roqov