YO‘L TRANSPORT HODISASI OQIBATI

Fuqarolarga avtomobillarni boshqarish uchun o‘quv muassasida o‘qish, Yo‘l harakati qoidalariga amal qilish har qanday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish garovi ekanligi muntazam ravishda tushuntirilmoqda. Yo‘l-patrul xizmati xodimlari avtomobil yo‘llarida transportlar harakatini nazorat qilib, hujjatlarni tekshirayapti, haydovchilarga zarur ko‘rsatmalarni eslatayapti. Yo‘llarda harakatlanish qoidalariga rioya qilgan haydovchlar manzillariga eson-omon etib bormoqda. Ularning xizmatidan yo‘lovchilar ham mamnun bo‘lmoqda.

Denov tumanida tug‘ilgan Q. K. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) avtomobilni boshqarish me`yoriga rioya qilmadi. 2024 yil 14 yanvarda soat 17:00 da o‘rtog‘iga telefon qilib “Orom” oshxonasida ovqatlanayotganligini bilgan. Uning oldiga borib birgalikda ovqatlangan, sipirtli ichimlik ichgan. Oshxonadan chiqib “Nurbek Mebel” xususiy korxonasiga tegishli “Neksiya-3” rususmli 75 V 650 QAA davlat raqamli avtoulovda o‘rtog‘ini Denov tumani “Elobod” mahallasigi uyiga olib borib tushirgan. Shu yerdagi avtomobil yo‘lida avtomobilda harakatlanishni davon ettirgan, qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqib ketgan. Avtomobilda harakatlannib, eliktro skuterning old markaziy qismiga urilgan. Shundan so‘ng yo‘li chetidagi “VAZ 21063” rusumli davlat raqami 75 A 105 KA avtomashinaning old qismiga borib urilgan. Yo‘l transport hodisasi oqibatida elektro skuter haydovchisi tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Tekshirishlar natijasida avariya sodir etgan Q. K. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) ning suyuq qon namunasi tarkibida 1,1024 promillga teng etil spirti mavjudligi ma`lum bo‘lgan. Denov tuman “Baholash ekspert” MCHJning 2024 yil 17 yanvardagi hisobotida  “VAZ 21063” rusumli avtomashinani ta`mirlash uchun sarf-xarajalari 11720000 so‘m, 2024 yil 19 yanvardagi hisobotida elektro skuterni ta`mirlash sarf-xarajatlari 5475825 so‘m ekanligi ko‘rsatilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi 2024 yil 5 mart kuni shu jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud majlisini o‘tkazdi. Jinoyatni sodir etgan shaxsni aybdor deb hisobladi. Unga 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan va 5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

                                      K. MURODOV,

  Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tumani sudi raisi