Chet eldan g’aroyib yovvoyi o’simlik olib kelish uchun nima qilish kerak

Ba’zan chet elda g’aroyib yovvoyi o’simlik sotib olishni va uni uyga olib kelishni yoki aksincha, mamlakatdan olib chiqishni xohlaysiz. Biroq ushbu harakatingiz kontrabandaga aylanmasligi uchun nima qilish kerak?

👮Qonuniy usullardan biri olib chiqish yoki olib kirish ruxsatnomasini olishdir. Ushbu ruxsatnomalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladi.

📄Qanday qilib ruxsatnoma olish mumkin:

💠Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali murojaat qiling va quyidagi hujjatlarni taqdim eting

🔸 Ariza beruvchining ma’lumotlari;

🔸Turlar bo’yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan o’simliklarning, ularning qismlari, mevalari, urug’lari va botanika kolleksiyalari miqdori va soni. Botanika kolleksiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir nusxasining soni ko’rsatiladi;

🔸Chetga olib chiqish (mamlakat, shahar) yoki olib kirish joyi;

🔸 Olib chiqish uchun asos — yovvoyi o’simlikning qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat (yovvoyi o’simliklarni qonuniy g’amlash (to’plash) olishga ruxsatnomaning tartib raqami)

⏰Xizmat ko’rsatish muddati: 15 ish kuni

tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori SH.Bo’tayev