“ONA ZAMIN OHANGLARI” TELETANLOVI

Tumandagi 69-sonli ”Yangi O‘zbekiston” madaniyat markazi Konsert zalida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan “Ona zamin ohanglari” folklor-etnografik jamoalari teletanlovi Surxondaryo viloyat  saralash bosqichi o‘tkazildi. Folklor-etnografik xalq jamoalarini qo‘llab-quvvatlash, xalq qo‘shiqlarining zamonaviy usullarini yaratish, yangi iste`dodlarni kashf etishga e`tibor qaratildi. Teletanlovda 7 yoshdan 85 yoshgacha bo‘lgan, san`atga qiziquvchilarning qatnashishiga ruxsat berildi.

Surxondaryo viloyatidagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan folklor-etnografik xalq jamoalari sahnaga chiqib, milliy qadriyatlarga xos, urf-odatlar ifodalangan qo‘shiqlarni va raqslarni namoyish qildi. Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Bobotog‘ gullari”, “Mahliyo”, “O‘tov” folklor-etnografik xalq unvoniga ega jamoalar qatnashdi. Oltinsoy, Bandixon, Sherobod, Uzun, Muzrabot, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Boysun tumanlaridan kelgan folklor-etnografik xalq jamoalari ham o‘z repertuarlarini ijro etdi. San`atkorlar sahnada “Sumalak”, “Hosil to‘yi”, “Yurtimga Navro‘z keldi”, “Gilam”, “Hovlimizda dehqondir”, “Xush kelding Navro‘zi olam” deb nomlangan kompozitsiyalarini havola qildi.

Hakamlar hayati jamoalar ijro etgan repertuarlarining badiiy qiymati, hududiy urf-odatlarning o‘ziga xosligi, tayyorgarligi, badiiy ijrochilik mahorati, sahna madaniyatiga ahamiyat qaratdi. Har bir mezon 10 ballik tizimda baholadi. Viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i  boshchiligidagi mutaxassislar ishtirokchilarning ijrolarini tahlil qildi. Uzun tumanining “Oh-voh”, Muzrabot tumanining “Muzrabot chamani”, Qumqo‘rg‘on tumanining “Bobotog‘ gullari”, Boysun tumanining “Boysun” folklor-etnografil xalq jamoalarini faol ishtiroki uchun nominatsiyalar bo‘yicha faxriy yorliq bilan taqdirladi. Sariosiyo tumanidagi “Dashnobod anori” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Jarqo‘rg‘on” jamoasi faxrli ikkinchi o‘ringa, Oltinsoy tumanidagi ”Qirmiz” jamoasi faxrli uchinchi o‘ringa munosib deb baholandi. Ularga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar topshirildi.

                                                                                                N. MUHAMMADIYEV