TEMIR YO‘L YANGILIKLARI

Temir yo‘llarda ko‘p miqdordagi yuklarni tashish va yo‘lovchilarni kerakli manzillariga olib borish xizmatlarini amalga oshirilmoqda. Sohaga zamonaviy kompyuter texnologiyalari joriy etildi. Bunday yangi jihozlarning o‘rnatilishi xizmat ko‘rsatish sifatini oshirdi. Yuklarni tashishga buyurtma beruvchi va yo‘lovchi poezdlarga chipta xarid qiluvchi fuqarolar ekektron tarzda onlayn xizmatdan foydalanmoqda.

Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli Qumqo‘rg‘on stansiyasida 1005 qisqa raqami orqali telefon qilib kerakli xizmat turidan foydalanishga sharoitlar yaratildi. Avval yo‘lovchi poyezdiga chipta olishda telefondan bu qisqa raqamni terib kerakli sanaga, xohlagan yo‘nalishga buyurtma berib ma`lumotlarni olishi mumkin edi. Endi yuk tashishda ham bu qulaylikdan foydalanish uchun imkoniyat yaratildi.

Yana bir yangilik: temir yo‘l xizmatida “Kargo markazi” ochildi. Avval yuk poezdi vositasida yuk olib kelishda fuqarolar Termizga borib hujjatlarni to‘ldirardi. Yukni olib kelganda Qumqo‘rg‘onga kelib shu yukni vagondan tushirib olishi kerak edi. Hozir bunday sarson-sargardonliklarga barham berildi. Buyurtmachi 1005 qisqa raqami orqali kerakli ma`lumotni oladi. Hujjatlarni onlayn rasmiylashtiradi. Yuk kerakli stansiyaga tashib kelingandan so‘ng temir yo‘l xodimlari yukni vagondan tushirib, mashinaga yuklab, fuqaroning omborxonasiga olib borib beradi. Bu fuqarolarning vaqtini tejab, ularga temir yo‘l xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirdi.

                                                                                                                                                            Ilhom ALLANAZAROV,

                                                        Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli Qumqo‘rg‘on stansiyasi boshlig‘i