TEMIR YO‘L XAVFSIZLIGIOSOYISHTALIK ASOSI

Surxondaryo viloyati Transporta XTB xodimlari tomonidan Temir yo‘llarda harakat xavfsizligini ta`minlash, yo‘lovchi va yuk poyezdlarini o‘z vaqtida benuqson manzilllariga bekamu ko‘st  yetib borishlari, baxtsiz hodisalarning va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida faoliyat ko‘rsatilmoqda. Temir yo‘l yaqinida joylashgan o‘quv ta`lim muassasalari, mahalla hamda Temir yo‘l korxona, tashkilotlarida muntazam ravishda davra suhbatlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, temir yo‘l izlari yaqinida joylashgan xonadonlarga kirilib voyaga yetmagan farzandlarini qarovsiz qoldirmaslik, temir yo‘l izlari oralig‘ida yurmasligi, chorva mollarini temir yo‘l izlari yaqinida boqmaslik, temir yo‘l iziga begona jism qo‘ymasligi, jihoziga shikast yetkazmasligi, yo‘lovchi poyezdlarga tosh otmasligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

                                                                           B. VAITOV,

                    Transportda XTB XPG katta inspektori, mayor

                                                                   B. TOSHBOYEV,

             Transportda XTB XPG katta inspektori, leytenant