“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili amalda

Qumqo‘rg‘on tumanida jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tungi reyd tadbiri o‘tkazildi. Unda tuman hokimi Anvar Normamatov, sektor rahbarlari, Milliy gvardiya, Qo‘riqlash bo‘limi va ichki ishlar bo‘limi xodimlari ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari tumandagi savdo markazlari, sport maydonlari, kompyuter o‘yingohlari, ovqatlanish shoxobchalarida bo‘lib, olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning mazmun-mohiyati, jinoyatchilikning oldini olish maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatish va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib bordi. Tuman hokimligi va ichki ishlar organlari hamkorligida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

                S. Yusupov,

              DXM xodimi