Viloyat hokimining navbatdagi sayyor qabuli Qumqo‘rg‘on tumanida o‘tkazildi.
Qumqo‘rg‘on tumanida fuqarolar vakillari bilan yuzma-yuz muloqot asosidagi qabul davomida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov fuqarolar murojaatlarini birma-bir tinglab, ular qo‘ygan masalalarning tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi. Qayd etilgan 175 nafar fuqaroning 192 ta murojaati (uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyati, sog‘liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik, fermer xo‘jaligi va boshqa masalalarga oid) 38 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 154 tasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘rganilib, chora ko‘rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi. Jumladan, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ehtiyojmand fuqaroga imtiyozli davolanish uchun order berildi. Viloyatimizning boshqa hududlarida ham viloyat hokimining ochiq, jonli muloqotlari tashkil qilinmoqda.
Rayhon Mengziyayeva