Ma`rifat ulashib

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tashabbusiga asosan har bir rahbar xodim, shahar va tuman sektor rahbarlari o‘zi ta’lim olgan yoki faoliyat yuritayotgan hududidagi maktablarga kitoblar jamlanmasi topshirilishi belgilangan edi.

Shu munosabat bilan Qumqo‘rg‘on tumani hokimi 1-sektor rahbari Anvar Normamatov tomonidan Angor tumani «Qorabog’” MFY hududida joylashgan 26-sonli umumta’lim maktabiga 50 nomdagi 100 dona iqtidorli o‘quvchi yoshlar hamda maktab kutubxonasi uchun o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari sovg‘a qilindi.

Albatta Qumqo‘rg‘on tuman hokimining o‘zi ta’lim tarbiya olgan maktabiga borishi shu maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun bir umrlik unutilmas  kun bo‘lib qoladi.

Insonning kamolotga yetish omili, hayotda erishadigan yutuqlari bosh sababchisi astoydil kitob o‘qib ilm olish ekanligi va yuqori natijaga erishish uchun astoydil mehnat qilish kerakligi tuman hokimi tomonidan o‘quvchi yoshlarga aytib o‘tildi.