Mangulik ifodasi

Navro’z hayot abadiyligining, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatning, shu bilan birga bizning bir necha ming yillik qiyofamizning, urf-odatlarimizning mangulik ifodasi tasdig’idir. Navro’z gina-adovatlar unut bo’ladigan kundir.

Hamma bir-biriga mehr qo’lini cho’zadigan, bu qo’llar do’stlik, birodarlik uchun mahkam birlashadigan kundir. Navro‘z dehqonchilik ishlarining boshlanish bayrami ham hisoblanadi. Sovuq qishdan dimiqqan ko‘ngillarning orziqib kutgan bu bayrami bir oygacha davom etadi. Bayram kunlarida o‘lkamga yetib kelgani uchun ommaviy xalq sayillari uyushtirilib, yangi ungan ko‘katlardan tansiq taomlar pishirilgan.

Ayni kunlarda butun mamlakatimizda Navro’ziy kayfiyat hukmron, bayram shukuhi kezib yuribdi. 4-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida  ham bayramga bag’ishlangan kechalar, milliy an’analarimiz, Navro’z bayrami qadriyatlarimizni aks ettiruvchi tadbirlar o’tkazilmoqda. Muassasaning   iqtidorli bolajonlari ishtirokida “Assalom Navro’z!” mavzusida badiiy-ko’ngilochar dasturi tashkil etildi.

 Bayram tadbiriga 4-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Gulsevar Rahmonova, musiqa rahbari Norbibi Xalilova, tarbiyachilari Fazilat To‘xtayeva, yordamchi tarbiyachi Shahnoza Abduraimova  ham o’z mehnatlarini ayamadilar. Faol ishtirok etgan bolajonlar tadbirda faxriy yorliq va sovg’alar bilan taqdirlandilar. Shunday tashabbus  bilan tashkil etgan bayram tashkilotchilariga tashrif buyurgan mehmonlar ham o’z minnatdorchiligini bildirdilar.

Sadbarg Najmiddinova,

Termez Davlat Universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti 4 bosqich talabasi