Muqaddas burch

Tumanimizdagi 50-maktabda 14 – yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda 3-B sinf  o‘quvchilari  Vatan  posbonlariga, harbiylarga  atalgan she’rlar  aytib,  qo‘shiqlar kuylashdi, sahna ko‘rinishlari  namoyish  qilishdi.  Tadbir davomida O‘zbekiston Qurolli kuchlariga bag‘ishlangan hujjatli filmlardan lavhalar namoyish etildi.

14-yanvar  – Vatan himoyachilari kuni  munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar o‘quvchilarning harbiylikka bo‘lgan qiziqishlarini hamda ularda vatanparvarlik tuyg‘usi yanada oshishiga xizmat qildi.

                                       Gulsanam TOSHBOYEVA,

            50-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi