Yoshlar orasida giyohvandlik bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida dolzarb ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi. Giyohvand moddalarni iste’mol qilish insonning sog‘lig‘iga, ruhiy holatiga va kelajak hayotiga jiddiy zarar yetkazadi. Ayniqsa, yoshlar bu illatning salbiy oqibatlariga ko‘proq duch kelishi mumkin.
Giyohvandlikka olib keluvchi omillar turlicha bo‘ladi. Noto‘g‘ri do‘stlar ta’siri, qiziqish, oiladagi muammolar, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazmaslik va giyohvand moddalar haqida yetarli bilimga ega bo‘lmaslik shular jumlasidandir. Ayrim yoshlar bu moddalarni muammolardan qochish yoki boshqalarga taqlid qilish maqsadida sinab ko‘rishi mumkin. Biroq bunday qaror og‘ir oqibatlarga olib kelishi ehtimoli yuqori.
Giyohvandlikning oqibatlari juda jiddiydir. U inson organizmiga zarar yetkazadi, xotira va fikrlash qobiliyatini susaytiradi, ta’lim va mehnat faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, giyohvandlik oilaviy muammolar, jinoyatchilikning ortishi va jamiyatda ijtimoiy beqarorlik kabi salbiy holatlarga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Bu muammoning oldini olishda oila, maktab, mahalla va keng jamoatchilikning hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Yoshlarni sport, fan, san’at va boshqa foydali mashg‘ulotlarga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida muntazam tushuntirish ishlari olib borish zarur.
Q.Zubaydullayev,
Jinoyat ishlari bo`yicha
Qumqo`rg`on tuman sudi
devonxona mudiri