e’tibor va ishonch ramzi sifatida keng nishonlanadi. Chunki har qanday davlatning ertangi taraqqiyoti, avvalo, uning bilimli, vatanparvar va tashabbuskor yoshlariga bog‘liq.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. Ta’lim sifati, kasb-hunar egallash, tadbirkorlikni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish, sport va madaniyat yo‘nalishlarida yoshlarning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2026-yilda ham yoshlar bilan ochiq muloqotlar davom ettirilib, ularning bandligini ta’minlash, startap va biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillar hamda zamonaviy kasblarni egallashiga ko‘mak berish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.
Bugun Surxondaryo yoshlari ham mamlakatimiz taraqqiyotida munosib o‘rin egallab bormoqda. Viloyatning iqtidorli o‘g‘il-qizlari xalqaro va respublika fan olimpiadalari, sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tanlovlar, IT va innovatsion loyihalarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Ular davlat grantlari sohibiga aylanmoqda, zamonaviy kasblarni egallab, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga hissa qo‘shmoqda.
2026-yilda ham Surxondaryo yoshlari «Yoshlar ovozi», «Bo‘zatov FEST», innovatsion tanlovlar va boshqa respublika miqyosidagi loyihalarda faol ishtirok etib, viloyat sharafini munosib himoya qilmoqda. Iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimi yanada kengaymoqda.
Bugungi kunda «Yoshlar daftari» orqali minglab yoshlarning bandligi ta’minlanmoqda. Imtiyozli kreditlar, subsidiya va grantlar, kasb-hunarga o‘qitish kurslari, IT markazlari, «Besh muhim tashabbus» doirasidagi loyihalar hamda zamonaviy kutubxonalar yoshlarning intilishlarini ro‘yobga chiqarishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Har hafta tashkil etilayotgan «Yoshlar kuni» uchrashuvlari orqali ham ularning muammolari o‘rganilib, amaliy yechimlar ishlab chiqilmoqda.
Surxondaryoda ham yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, kasb-hunarga o‘qitish, zamonaviy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga jalb etish, sport infratuzilmasini kengaytirish hamda IT yo‘nalishidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda. Bu esa yoshlarning o‘z qobiliyatini namoyon etishi, daromad topishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Yoshlar – bu shunchaki kelajak emas, balki bugunning bunyodkor kuchidir. Ularning har bir yutug‘i Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va Yangi O‘zbekistonning ravnaqiga xizmat qiladi. Bilimli, tashabbuskor, fidoyi va vatanparvar yoshlar bor ekan, yurtimizning ertangi kuni yanada porloq bo‘lishiga ishonchimiz komildir.
Go‘zal Samiyeva
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati