«IQTIDORSIZ INSON YO’Q»

Hech kimga sir emaski,jamiyatda har bir inson o’ziga xos iqtidorga ega.»Iqtidorsiz inson yo’q»mavzusi bu motivatsion va tarbiyaviy chuqur ma’noga ega.Darhaqiqat, har bir insonda tug’ma yoki orttirilgan iqtidor bor.Uni to’g’ri yo’naltirish insonni o’zini qo’lida.Har bir inson dunyoga o’ziga xos qobiliyat bilan keladi:kimdir san’atga,kimdir sport yana kimdir ilm-fan,texnikaga moyildir.Ba’zi bir insonlar borki,o’zidagi iqtidorni bilmasligi mumkin.Shunday insonlar borki,iqtidorsizman deydi,lekin bu xato fikrlash chunki,odam yo’q ammo,dangasa,quntsiz inson bor.Dunyoda iqtidorsiz inson yo’q.Faqat topilmagan yoki rivojlanmagan iqtidor bor.Har bir inson o’zining kuchli jihatini aniqlab uni rivojlantirsa, jamiyatda o’z o’rnini topadi.Har kimning yuragida qalbining tubida bir iste’dod bo’ladi.Uni topish va rivojlantirish kerak.Shuning uchun ham «iqtidorsiz inson yo’q» degan fikr bekorga aytilmagan.Bu gaplarga chetdan qarasangiz e’tiborsizdek ko’rinar lekin,bu haqiqat-hayot tajribalariga tarixdagi misollarga va zamonaviy hayotga asoslangan xulosadir.
Inson dunyoga kelganidan boshlab unda qandaydir qobiliyat yashiringan bo’ladi.Ba’zi bolalar rasm chizishga mehr qo’yadi,boshqalari zukko va harakatchan bo’ladi.Bularning barchasi iqtidor belgisi.
Afsuski,ba’zi odamlar o’zidagi iqtidorni payqamay o’zini boshqalar bilan solishtirib «men hech narsaga yaramayman», «mening qobiliyatim yo’q» degan noto’g’ri fikrlarga beriladilar.
Aslida – bu o’z ustida ishlash yetishmaganining belgisi.Chunki iqtidor bu faqat tug’ma emas,balki mehnat bilan yuzaga chiqadigan charxlanadigan kuchdir.
Xulosa qilib aytganda,iqtidorsiz inson yo’q.Har kimda biror sohada porlashi mumkin bo’lgan iste’dod bor.Uni anglash, unga ishonish va uni rivojlantirish kerak,xolos.Chunki,eng katta iqtidor bu o’ziga bo’lgan ishonch va mehnat qilish iqtidoridir.

Jurnalistika ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi Qo’chqorova Aziza