Qo‘y o‘g‘risi qo‘lga tushdi

Surxondaryo viloyati Qumqorg`on tumanida joylashgan bir qancha fuqarolarning og‘ilxonasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, qo‘ylarini o‘g‘irlab ketgan jinoyatchi ushlandi.
Qayd etilishicha, sudlanuvchi O.E (ism familyasi o`zgartirilgan)”Arpapoya” mahallasida yashovchi fuqaroning yashash xonadonidagi qo`raxonaga g`ayriqonuniy ravishda kirib,qo`raxonasida bo`lgan 1 bosh 3.800 000 so`mlik qo`yini yashirin ravishda talon – taroj qilgan. Shuningdek,sudlanuvchi O.E o`zining jinoiy harakatini davom ettirib,o`zganing mulkini takroran o`g`irlik yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida “Istiqlol”mahallasida yashovchi fuqaroning yashash xonadonidagi qo`raxonaga g`ayriqonuniy ravishda kirib,qo`raxonasida bo`lgan 1 bosh 3.000 000 so`mlik qo`yini yashirin ravishda talon – taroj qilgan.Sudlanuvchi O.E “Guliston”, “Arpapoya”mahallasida yashovchi fuqarolarning yashash xonadonidagi qo`raxonaga g`ayriqonuniy ravishda kirib,qo`raxonasida bo`lgan 1 bosh 4.000 000 so`mlik hamda 3.500.000 so`mlik qo`yini yashirin ravishda talon – taroj qilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni O.E sodir etganligi aniqlanib, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan shu Kodeksning 57-moddasi qo`llanilib 2 (ikki)yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

S.Aliyev,
Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo`lim boshlig`i

S.Ismoilov,
Qumqo`rg`on tuman prokurori o`rinbosari