Bugungi kunda yoshlarning sifatli taʼlim olishi, zamonaviy kasb va tillarni oʻrganishi
uchun yaratilayotgan imkoniyatlar tobora kengayib bormoqda. Ana shunday
maskanlardan biri — Grand School oʻquv markazi hisoblanadi. Mazkur markaz qisqa
vaqt ichida oʻzining sifatli taʼlim tizimi, tajribali ustozlari hamda zamonaviy oʻquv
metodlari bilan yoshlar ishonchini qozonib kelmoqda.Ushbu oʻquv markaziga yosh boʻlishiga qaramay, tashabbuskor va fidoyi rahbar —
Rajapov Asomiddin ustoz asos solgan. U 7 yildan buyon markaz faoliyatini katta
mahorat bilan boshqarib, uni muntazam rivojlantirib kelmoqda. Asomiddin ustozning
asosiy maqsadi — yoshlarni ilm-maʼrifatga chorlash, ayniqsa chekka qishloqlarda
yashovchi bolalarning bilim olishiga koʻmaklashishdan iborat.
Oʻquv markazida ingliz tili, kimyo , biologiya, fizika,matematika, ona tili va adabiyot, tarix
hamda axborot texnologiyalari kabi yoʻnalishlarda darslar tashkil etilgan. Har bir fan
boʻyicha malakali pedagoglar faoliyat yuritib, oʻquvchilarning bilim darajasini oshirishga
alohida eʼtibor qaratmoqda. Hozirda oʻquv markazida 11 nafar ustoz oʻz ish faoliyatini
olib bormoqda. Mingga yaqin katta- kichik yoshlar taʼlim va tarbiya olmoqda. Dars
jarayonlari zamonaviy texnologiyalar asosida olib borilayotgani esa taʼlim
samaradorligini yanada oshirmoqda.
Ayniqsa, Rajapov Asomiddin yoshlarning kelajagiga befarq emasligini har bir
tashabbusida namoyon etib kelmoqda. U chekka hududdagi bolalar bekor yurmasdan,
ilm bilan band boʻlishini, oʻz ustida ishlab kelajaklarini yaxshi tomonga oʻzgartira olishini
chin dildan istaydi. Shu sababli markazda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning
qiziqishlarini rivojlantirish va taʼlimga boʻlgan intilishini oshirishga alohida ahamiyat
qaratiladi.
Shuningdek, Grand School tomonidan iqtidorli va bilimga chanqoq yoshlarni qoʻllab
quvvatlash maqsadida turli chegirmalar hamda bepul seminar-treninglar tashkil etib
kelinmoqda. Bu esa yoshlarning taʼlimga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat
qilmoqda. Xususan, har qanday fandan 100 foizlik sertifikatni qoʻlga kiritgan Grand
school markazi oʻquvchisiga 100 dollar pul mukofoti taʼsis etilgan. Joriy yil boshida ona
tili va adabiyot fanidan A darajali sertifikatni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar :
Abduvoxitova Ruhshona, Mamatqobilova Sevinch larga pul mukofoti topshirildi. Bu kabi
metod va tashabbuslar yoshlarni yanada ola intilishga chorlamoqda.
Bugun yurtimizda bilimli, zamonaviy fikrlaydigan avlodni tarbiyalash muhim vazifa
hisoblanadi. Shu yoʻlda faoliyat olib borayotgan Grand School kabi taʼlim maskanlari
yoshlarning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.
Eshmatova Matluba,
amaliyotchi, 422-guruh talabasi