“Saxovat va ko‘mak” jamg’armasi orqali quyidagi moddiy yordamlar ko‘rsatiladi

“Saxovat va ko‘mak” jamg’armasi orqali quyidagi moddiy yordamlar ko‘rsatiladi
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oilalari «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan quyidagi yordam turlarini olishlari mumkin:

  1. Tibbiy yordam: Og‘ir va uzoq vaqt davolanish talab etiladigan kasallikka chalingan oilalarga davolanish, dori-darmonlar xaridi va reabilitatsiya xizmatlari uchun moliyaviy ko‘mak.
  2. Moddiy yordam: Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oilalarga birinchi darajali ehtiyojlarni qoplash uchun bir martalik moddiy yordam.
  3. Uy-joy sharoitlarini yaxshilash: Uy-joy sharoitiga ega bo‘lmagan oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun uy-joylarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish yoki qurish uchun mablag‘ ajratish.
  4. Kommunal to‘lovlarda yordam: isitish ta’minotidan uzilgan oilalarga yordam ko‘rsatish.
    Og‘ir va uzoq vaqt davolanish talab etiladigan kasallikka chalingan oilalarga yordam ko‘rsatish dasturi doirasida quyidagi yordamlar ko‘rsatiladi:
    • bazaviy hisoblash miqdorining (BHMning) 10 baravarigacha bo‘lgan miqdorda dori-darmon bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash;
    • BHMning 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda davolanish xarajatlarini (yashash va yo‘l xarajati bilan birga) qoplash.
    • Bunda dori-darmon bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash uchun bitta oilaga bir yilda ikki marta, davolanish xarajatlarini qoplash uchun esa bir yilda bir marta yordam ko‘rsatilishi mumkin. BHMning 5 baravarigacha bo‘lgan mablag‘lar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi, qolgan holatlarda esa tegishli mablag‘lar shartnoma asosida o‘tkaziladi;
    2025-yil 1-avgustdan boshlab bazaviy hisoblash miqdori (BMH)—412 000 so‘m etib belgilangan.
    • BHMning 1 baravari miqdorida oziq-ovqat,
    • BHMning 5 baravarigacha miqdorida kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlar bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash.
    Birinchi darajali ehtiyojlarni qoplashga ko‘maklashish dasturi doirasida quyidagi yordamlar ko‘rsatiladi:
    Eslatma! Oziq-ovqat yordami – har 3 oyda (chorakda) bir marta beriladi. Kiyim-kechak yordami esa yiliga ikki marta ajratilishi mumkin. Pul muhtoj odamning bank kartasiga o‘tkaziladi yoki yordam oziq-ovqat va kiyim-kechak shaklida (natura ko‘rinishida) beriladi.
    Uy-joy sharoitiga ega bo‘lmagan oilalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida quyidagi yordamlar ko‘rsatiladi:
    • olti oy davomida har oyda ijara shartnomasining 50 foizi, lekin BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda vaqtincha boshpana uchun xarajatlar (ijara to‘lovining to‘liq yoki qismini) qoplash.
    • BHMning 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda bir martalik uy-joy ta’mirlash xarajatlari, shu jumladan, yolg‘iz keksalar va nogironligi bor shaxslarning yashash sharoitlarini yaxshilash xarajatlarini qoplash. Ushbu mablag‘lar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxsning bank kartasiga to’g’ridan-to’g’ri yoki shartnoma asosida o‘tkaziladi.

Ijtimoiy inspeksiyaning Surxondaryo viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi E.Tojiyev