Mamlakatimizda yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha qonuniylikni ta’minlash, jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza etish, eng asosiysi, inson hayotini asrash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lishiga qaramasdan haydovchilar tomonidan mast holda avtomashina boshqarish holati kuzatilmoqda.
Qumqo‘rg‘onlik 1988 yil 21 noyabrda tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Boltaev Sherzod Teshaevich (shaxsi o‘zgantirilgan) 2025 yil 3 noyabr kuni soat 19:11larda transport vositasini boshqarish huquqi bo‘lmasa-da, “Vaz 21150” rusumli, davlat raqami 75X666XX (raqami o‘zgartirilgan) bo‘lgan transport vositasini Qumqo‘rg‘on tumani hududida ushbu turdagi avtomashinalarni boshqarish huquqi bo‘lmagan holda, spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda boshqarganlikda MJtKning 131-moddasining 2-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Huquqbuzar Boltaev Sherzod Teshaevich sudda, haqiqatdan xam 2025 yil 3 noyabr kuni soat 19:11larda transport vositasini boshqarish huquqi bo‘lmasa-da, “Vaz 21150” rusumli, davlat raqami 75X666XX bo‘lgan transport vositasini Qumqo‘rg‘on tumani hududida spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda boshqarganligi YHXB xodimlari tomonidan unga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilganligi, qilmishiga iqror va pushaymonligi, boshqa bu xol takrorlanmasligi, oilaviy sharoitini inobatga olib, suddan qonuniyengillik berishini so‘ragan.
Natijada Sud Boltaev Sherzod Teshaevich – O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga shu modda bilan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq olish jazosi tayinlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudining
tergov sudyasi M.O‘roqov