Konistitutsiyamizda Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2025 yil 24 dekabrda qabul qilingan farmonga muvofiq, “2026-2030 yillarga mo‘ljallangan ayollarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasi” tasdiqlandi. Bu hujjat mamlakatda ayollar huquqlarini ta’minlash va ularni turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlikdan asrashga qaratilgan muhim dasturiy chora-tadbirlar majmuasini belgilaydi.
Shuningdek, Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir. Nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi. Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi.
Shunday bo‘lsada erkaklar tomonidan ayollarga nisbatan tazyiq tobora ortib bormoqda.
Xususan, Qumqo‘rg‘onlik Y.Talliev (Shaxsi o‘zgantirilgan) 2026 yil 4 fevral kuni soat 21:00larda Qumqo‘rg‘on tumani “Soqchi” mahallasida joylashgan o‘zining yashash xonadonida turmush o‘rtog‘i N.X bilan oilaviy masalalarda tortishib qolib, uni qasddan urib do‘pposlab, turmush o‘rtog‘i N.Xni sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badaniga yengil shikast yetkazgan, bundan tashqari, Qumqo‘rg‘on tuman IIB tomonidan N.Xga 2026 yil 19 yanvar kuni jabrlangan xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonligiga qarshi ximoya orderi berilib ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, uni urib haqoratlab, unga tazyiq va zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirib, himoya orderi talablarini buzganligi aniqlangan.
Sud Y.Talliev O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 592-moddasi 2-qismi va 2061-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib,Unga MJtKning 592-moddasi 2-qismi bilan MJtKning 33-moddasini qo‘llab, bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida, ya’ni 750.000 (yetti yuz ellik ming) so‘m jarima jazosi, Unga MJtKning 2061-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 1 (bir) baravari miqdorida, ya’ni 375.000 (uch yuz yetmish besh ming) so‘m jarima jazosi, Unga MJtKning 34-moddasini qo‘llab uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining 2 (ikki) baravari miqdorida, ya’ni 750.000 (yetti yuz ellik ming) so‘m jarima jazosi tayinlagan.
Bularning barchasi Mamlakatda ayollar huquqlarini ta’minlash va ularni turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlikdan asrashga qaratilgan muhim vosita deb hisblayman.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Qumqo‘rg‘on tuman sudining
tergov sudyasi M.O‘roqov