Bolalar huquqlarini va erkinliklarini himoya qilish

Bugungi kunda ta’lim muassasalarida bolalar huquqlarini va erkinliklarini himoya qilish masalasi juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Har bir bola o’z huquqlariga ega bo’lib, bu huquqlari ta’lim jarayonida himoya qilinishi lozim. Bunday himoya nafaqat bolalarning yuridik huquqlari, balki ularning erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ham ichiga oladi. Oʻzbekiston respublikasida bolalar huquqlari to’g’risidagi konvensiya, har bir bolaga o’z fikrini bildirish, ta’lim olish, sogʻliqni saqlash va xavfsiz muhitda, o’sish huquqini ta’minlaydi. Ta’lim muassasalari ushbu qonunlarga amal qilish, bolalarga huquqlarini anglash va ulardan foydalanishni o’rgatishi zarur. Bu jarayonda o’qituvchilar va ma’muriyatning roli katta. Ta’lim muassasalarida bolalar huquqlarini himoya qilish uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Masala o’quv yili boshida o’quvchilar oʻrtasida «Bolalarning huquqlari» mavzusida treninglar o’tkaziladi. Bu treninglar bolalarga oʻz huquqlarni tushunishga, oʻz fikrlarini bildirishga va o’z manfaatlarini himoya qilishga yordam beradi. Bolalar bilan muloqot qilishda diqqatga sazovar jihat ularga nafaqat e’tibor berish balki ularning fikrlarini tinglashdir. Ota-onalar, o’qituvchilar va ta’lim muassasasi ma’muriyati bolalar bilan doimo muloqot. oʻrnatishi kerak. Ushbu aloqalar orqali bolalar o’z huquqlarini anglash va bilish uchun qulay muhitga ega bo’ladilar. Umuman olganda ta’lim muassasalarida bolalar huquqlari va erkinliklarini himoya qilish har doim ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu jarayonda barcha ishtirokchilar jumladan, o’qituvchilar, ota-onalar va davlat muassasalari birgalikda harakat qilishlari lozim. Har bir bolaning o’z huquqlariga ega bo’lishi va ularni erkin himoya qila olishlari ta’lim tizimining samaradorligini orttiradi hamda ularning kelajakdagi farovonligi uchun asos yaratadi.

Dilbar Ibragimova,

20-bolalar musiqa va sanʼat maktabi kutubxonachisi