
Yangi yil – bu orzular yangilanadigan, qalblar umidga toʻladigan sehrli lahza. U eski yil bilan xayrlashib, yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Qor parchalaridek oppoq niyatlar, charaqlagan chiroqlar samimiy tabassumlar va yaqinlar davrasidagi iliqlik yangi yilga oʻzgacha fayz bagʻishlaydi. Bu bayram insonni yaxshilikka mehr-oqibatga va kelajakka ishonch bilan qarashga undaydi.
Kuni kecha Qumqoʻrgʻon tumani 20-bolalar musiqa va sanʼat maktabida yangi yil bayrami boʻlib oʻtdi. Bayamda turli xil kuy-qoʻshiqlar, sheʼr va raqslar ijro etildi. Bayram Qorbobo, qorqiz, yalmogʻiz kampir tashrifi bilan yanada qiziqarli boʻldi. Turli xil sahnaviy chiqishlar bilan bilan yangil yil bayrami juda koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi. Barcha yigʻilgan tomoshabinlar hursand boʻlib ketishdi.
Qumqoʻrgʻon tumani 20-bolalar musiqa va sanʼat maktabi kutubxonasi Ibragimova Dilbar Tojievna.