Hammamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 133-moddasida Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa, bundan jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yetkazilishiga olib kelmagan yo‘l-transport hodisasi sodir etilganda yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi. Ancha miqdordagi moddiy zarar deganda, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdoridan oshib ketgan zarar tushuniladi.
Xuddi shu kodeksning 134-modda. Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalari, yo‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelsa, lekin ancha miqdorda moddiy zarar yetkazmasa, bundan yo‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan yo‘l-transport hodisasi sodir etilganda yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Shunday ekan azizlar! transport vositalari boshqarishda yo‘l harakati qoydalariga amal qilishingizni so‘rab qolamiz.
B.Tagayev,
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining raisi