Ehtiyotsizlik oqibati – qamoqqa yetakladi

Termizlik 1985 yil 19 iyulda tug‘ilgan Salimov Nalim Alimovich (shaxsi o‘zgartirilgan) 2025 yil 10 iyul kuni soat 18:30 larda “G Partner F” xususiy korxonasiga tegishli bo‘lgan Damas rusumli 75 055 XXX (o‘zgartirilgan) davlat raqamli avtomashinasini tegishli xujjatlar asosida Jarqo‘rg‘on tumani “Dehqonobod” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R102 avtomobil yo‘li orqali Jarqo‘rg‘on tumani tomondan Angor tumani tomon boshqarib borayotib, ushbu yo‘lning 7-kilometriga yetganida amaldagi yo‘l harakati qoidalari 77-bandining 3-qismidagi, haydovchi harakatlanish vaqtida haydovchi aniqlay olishi imkoniyatidagi xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini u to‘la to‘xtashni ta’minlaydigan darajada kamaytirishi yoki to‘siqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavf tug‘dirmagan holda aylanib o‘tish choralarini ko‘rishi kerakligi qoida talablariga rioya qilmasdan, ushbu qoida talablarini qo‘pol ravishda buzib, yo‘lning o‘ng tomon chetida yosh bola turganligini dastlab 200 metr masofadan ko‘rib, o‘ziga nisbatan xavf yuzaga kelganligini anglab yetgan bo‘lsa-da, ushbu xavfni bartaraf etish choralarini ko‘rmasdan, o‘zining haydovchilik mahoratiga ishonish va beparvolik bilan harakatlanishda davom etganligi sababli, yo‘lni o‘ng tomonidan chap tomoniga piyoda kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan Qobilov Qodir Bobirovich (shaxsi almashtrilgan)ni  yo‘lning qatnov qismida avtomashinasining old o‘ng tomoni bilan urib yuborib, yo‘l transport hodisasini sodir qilib, voyaga yetmagan Q.Qobilovni tan jarohati olib, kasalxonada tibbiy muolajalarga qaramasdan 2025 yil 15 iyul kuni vafot etishiga sababchi bo‘lgan.

Sudlanuvchi N.Salimov sudda, o‘ziga quyilgan aybga qisman iqrorlik bildirib, haqiqatdan ham haydovchilik guvohnomasini 2018 yil avgust oyida avtomaktabda o‘qib olganligini, turli xildagi yengil avtomashinalarni boshqarib kelganligini, yo‘l harakati qoidalarini yaxshi bilishini, o‘zi haydovchi bo‘lib ishlab keltgan “G Partner F” xususiy korxonasiga tegishli bo‘lgan Damas rusumli avtomashinasini yo‘l varaqasi va boshqa tegishli xujjatlar asosida boshqarib kelganligini, 2025 yil 10 iyul kuni soat 18:30 larda o‘z boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomashinasi bilan Jarqo‘rg‘on tumani “Dehqonobod” mahallasi hududiga ya’ni yo‘lning 7-kilometriga yetib borgan vaqtida, boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomashinani tahminan 50-60 km.soat tezlikda o‘z harakat yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotganda, shu vaqti dastlab o‘zidan tahminan 200 metrlar uzoqlikda yo‘lning unga nisbatan o‘ng tomon chetida turgan yosh bolani ko‘rganligini, u bola yo‘l chetida to‘xtab turganligi sababli o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanishda davom etganligini, u bolaga yetishiga tahminan 20 metrlar qolganida u bola yo‘lning unga nisbatan chap tomonida turgan bir ayol bilan gaplashdida, o‘sha ayolning oldiga o‘tish uchun unga yetishiga tahminan 3 metr qolganida bola birdaniga o‘rtacha tezlik bilan yugurib uning yo‘liga chiqib kelganligini, uni urib yubormaslik uchun mashinani chap tomonga olib qochishga qaramasdan u bolani mashinaning o‘ng old tomon qismi bilan urib yuborganligini, keyin mashinani o‘sha yerning o‘ziga to‘xtatib, u bolaga yordam berish uchun uni yotgan joyidan ko‘tarib mashinaga mindirishganligini, Asadbek bilan birgalikda uni kasalxonaga jo‘natib yuborishganligini, ushbu yo‘l transport hodisasi vaqtida boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinani Jarqo‘rg‘on tumani “Dehqonobod” mahallasidan o‘tuvchi 4R102 avtomobil yo‘lining 7-kilometrida Jarqo‘rg‘on-Angor yo‘nalishi bo‘yicha  harakatlanib ketayotgan bo‘lganligini, ushbu yo‘l transport hodisasi vaqtida boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina tehnik jihatdan soz holatda bo‘lganligini, nosozliklari bo‘lmaganligini, yuki ham bo‘lmaganligini, avtomashinada undan tashqari sherigi Asadbek bo‘lganligini, avtomobilni tahminan 50-60 km.soat tezlik bilan boshqarib ketayotgan vaqtida, dastlab o‘zidan tahminan 200 metr uzoqlikda yo‘lning unga nisbatan o‘ng tomonida turgan yosh bolani ko‘rganligini, ushbu yigitga yetishiga 20 metrlar qolganida ushbu yigit yo‘lning unga nisbatan chap tarafida kim bilandir gaplashganligini, ushbu ayolni oldiga o‘tish uchun 3 metr qolganida birdaniga o‘rtacha tezlik bilan yugurib ketganligini, uni urib yubormaslik uchun avtomabilni chap tomonga tortishimga qaramasdan ushbu yigit uni boshqaruvidagi avtomobilni o‘ng tomon old qismiga urilib ketganligini, ushbu yo‘l transport hodisasi vaqtida piyoda u boshqaruvidagi avtomobilning o‘ng tomon oldi qismiga kelib urilganligini, sodir qilgan qilmishidan pushaymonda ekanligini bildirib suddan unga nisbatan qonuniy yengillik berishni so‘radi.

Natijada Sud Sudlanuvchi Salimov Nalim Alimovich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 266-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topiib, Unga Jinoyat kodeksi 266-moddasining 2-qismi bilan 3 (uch) yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilib, 5 (besh) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudining raisi                                                 B.Tagayev